“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali sharqona ma’no-mazmuni, betakror ruhi va qiyofasi bilan dunyodagi ko‘plab boshqa san’at va musiqa festivallaridan ajralib turadi. Ushbu musiqa anjumani Sharq olamini va falsafasini, betakror go‘zallik va nafosatni tarannum etishi, inson qalbining eng nozik nuqtalariga yetib boradigan kuy va qo‘shiqlarni ifoda etishi bilan har bir insonni o‘ziga maftun qiladi.
Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ma’ruzasi yurtimiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida keng o‘rganilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasida atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlash tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va o‘rnini belgilashga qaratilgan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish vaqti yetganligi alohida ta’kidlangan edi.