MYP.UZ  
  RSS
      Yangiliklar
Siyosat
Iqtosodiyot
Jamiyat
Texnologiyalar
Madaniyat
Sport

      Tasodifiy fotosurat

O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva.

Yangiliklar

Izlash

[ Bosh sahifa | Yaxshisi | Mashhurlari | Ro’yhat ]

Yangiliklar » Sport
O‘zbek kurashi dunyo kezmoqda

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi (KXA) 2010 yilgi sport mavsumi yakunlariga ko‘ra qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomini e’lon qildi.



Kurash xalqaro assotsiatsiyasi (KXA) 2010 yilgi sport mavsumi yakunlariga ko‘ra qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomini e’lon qildi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1998 yilning 6 sentyabrida Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tashkil etildi va xalqimizning milliy qadriyati – kurash xalqaro sport turi maqomini oldi. Bugun Osiyo, Afrika, Yevropa, Panamerika va Okeaniya kurash konfederatsiyalari samarali faoliyat yuritmoqda. Dunyoning yuzdan ziyod mamlakatida kurash xalqaro sport turi sifatida jadal ommalashmoqda, jahon, qit’a chempionatlari va ko‘plab nufuzli musobaqalar tashkil etilayotir.

2010 yilgi sport mavsumi kurash olamida muhim voqealarga boy bo‘ldi. Oktyabr oyida Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkazilgan va dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan eng sara polvonlar qatnashgan “O‘zbekiston Prezidenti Gran-prisi” II xalqaro turniri KXA tomonidan 2010 yilning “Eng yaxshi turniri”, deb topildi. O‘zbekistonlik atoqli polvon Abdulla Tangriyev mazkur musobaqa finalida qo‘llagan chiroyli usuli evaziga “Eng yaxshi texnikasi uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Hindistonda qirqdan ziyod mamlakat polvonlari ishtirokida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi VI jahon birinchiligi “Eng yaxshi chempionat”, mazkur musobaqani yuqori saviyada tashkil etgan Hindiston kurash federatsiyasi “Yilning eng yaxshi federatsiyasi”, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan yaponiyalik Yuma Sayeki va xotin-qizlar o‘rtasida ikki karra Afrika chempioni Antea Cheyz (Janubiy Afrika Respublikasi) “Yilning eng yaxshi kurashchisi” sovrinlariga loyiq topildi.

Shuningdek, “Kurashning eng yaxshi targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi konfederatsiya”, “Eng yaxshi hakam”, “Kurash fidoyisi”, “Eng yaxshi jurnalist” singari nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar e’lon qilindi.

2011 yilgi sport mavsumi ham kurash bo‘yicha turli musobaqalar va muhim voqealarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Kurash xalqaro assotsiatsiyasining joriy yil uchun mo‘ljallangan taqvimidan Osiyo, Yevropa, Afrika, Panamerika va Okeaniya hududlarida jami o‘ttizga yaqin sport tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev


Bookmark and Share
Joylashtirdi: Admin Sana: 25.02.2011 O’qishlar soni: 1070
0
Ðàñïå÷àòàòü

Izohlar yo’q. Balki siz qoldirarsiz?

Sizning izohingiz administrator tekshiruvi va ruhsatidan so’ng joylanadi.

Sizning ismingiz:
Izoh:
Yashirin kod:
Yashirin kod
Qaytarish:
      User Info

Xush kelibsiz,
Mehmon

Ro’yhatdan o’tish yoki kirishRo’yhatdan o’tish yoki kirish
Parolni unutdingizmi?Parolni unutdingizmi?

Login:
Parol:

Ma’muriyatMa’muriyat:0
FoydalanuvchilarFoydalanuvchilar:0
Izlash tizimlariIzlash tizimlari:1
MehmonlarMehmonlar:7

YangilashBatafsilJamiJami:8

      So'rovnoma
“Màmlàkàtimizdà demokràtik islohotlàrni yanàdà chuqurlàshtirish và fuqàrolik jàmiyatini rivojlàntirish Konsepsiyasi” và undà ilgàri surilàyotgàn g’oyalàrdàn xàbàrdormisiz?

Ha
Yo'q
Endi tanishib chiqaman


Natijalar
Boshqa so’rovnomalar

Umumiy ovozlar: 85
Izohlar: 10

     
Design by Max Ganiyev © JET Media